O‘zbekistonda 2019−2023-yillarda ro‘yxatga olingan jinoyatlar soni 2,3 barobarga — 46 mingdan 104 mingtaga oshgan. 2021-yildagi keskin ko‘tarilishdan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatilmoqda. Shu bilan birga, yil davomida o‘ta og‘ir va og‘ir jinoyatlar soni ortgan.
Progressiv islohotlar markazi tuzatishlar natijalari (3 ta indikator) va jamoat xavfsizligini (2 ta indikator) aks ettiruvchi koʻrsatkichlar natijalarini oʻrganib chiqdi. Quyida jinoyat va tuzatishlar uchun eng yaxshi hududlar haqida bilib olishingiz mumkin.