


Bugun, 3-noyabr kuni Xitoy va Markaziy Osiyo boʻyicha mustaqil tadqiqotchi, amerikalik ekspert Entoni Kao (Anthony Kao) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda AQSHning yirik tahliliy markazlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari ko'rib chiqilib, AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy va Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni va ta’siri haqida fikr almashildi.
Bundan tashqari, AQShning “Foreign Affairs”, “The Atlantic”, “Wall Street Journal “ kabi nufuzli jurnallarida maqolalar chop etish masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat davomida tomonlar mintaqadagi iqtisodiy rivojlanish, siyosiy barqarorlik, ijtimoiy va madaniy xilma-xillik, ekologik muammolar kabi bugungi tendensiyalar haqida oʻrtoqlashdi.