


2025-yil 26-iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga ilk davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan "O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston: o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi istiqbollari" mavzusida birinchi O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti hamda Mo‘g‘uliston Milliy xavfsizlik kengashi huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti tashabbusi bilan tashkil etildi.

Forumda o'zaro ishonchga asoslangan siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo va iqtisodiyot, raqamli transformatsiya hamda OAV sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Tadbirda O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonning yetakchi tahlil markazlari rahbarlari, ekspertlari hamda diplomatik doiralar vakillari ishtirok etdi. Forum ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklikni chuqurlashtirish mexanizmlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Mazkur anjuman doirasida Progressiv islohotlar markazi (PIM) direktor o‘rinbosari Qadamboy Sultanov “Media ko‘prik: Raqamli asrda O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o'rtasidagi bog'liqlik” mavzusida ma’ruza qildi.

Qadamboy Sultanovning ta’kidlashicha, bugungi kunga kelib O‘zbekistonda qariyb 2000 ta ommaviy axborot vositasi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 700 dan ortig‘i onlayn formatda faoliyat yuritmoqda. Ularning aksariyati xususiy yoki mustaqil media subyektlari bo‘lib, raqamli texnologiyalarni yaxshi o‘zlashtirgan, yosh auditoriyaga mo‘ljallangan. Internetdan foydalanish darajasi 90 foizga yaqinlashgani esa raqamli jurnalistika va onlayn ishtirok masalasini yanada dolzarb qilmoqda. Bugun ijtimoiy tarmoqlar yangiliklar va tahliliy materiallar uchun asosiy axborot kanaliga aylanmoqda.
U o‘z nutqida ikki davlatning media muhiti va axborot siyosatidagi o‘ziga xos jihatlarni taqqoslab tahlil qildi hamda ularni bir-birini to‘ldiruvchi ustunliklar sifatida ko‘rsatdi. Shu asosda PIM quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish taklif etildi:

“Media sohasidagi hamkorlik – bu nafaqat axborot maydonini boyitish, balki jamiyatlararo madaniy ko‘priklarni mustahkamlash, yangicha muloqot va o‘zaro ishonch muhitini shakllantirish uchun katta imkoniyatdir”, – deydi Q.Sultanov o‘z ma’ruzasida.
Forum yakunida ishtirokchilar bunday ekspert muloqotlari ikki tomonlama aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish va strategik sheriklikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini e’tirof etdilar.