“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

29.11.2023
CopyLink
Chop etish
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

28-noyabr kuni Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori Eldor Tulyakov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Progressiv islohotlar markazi tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar va ularning yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Xususan, izlanishlar iqtisodiy o‘sish, savdo, innovatsiyalar va tadbirkorlik, samarali boshqaruv, energiya samaradorligi, qayta tiklanadigan energiya texnologiyalari, mintaqaviy hamkorlik kabi sohalarni qamrab olganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, 12-dekabr kuni tashkil etilayotgan “O‘zbekiston—2030 maqsadlari” xalqaro konferensiyasi bo‘yicha ma’lumot berildi. “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari tadbirda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.