Progressiv islohotlar markazida Chemonics International kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

25.10.2023
CopyLink
Chop etish
Progressiv islohotlar markazida Chemonics International kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 25-oktabr kuni Progressiv islohotlar markazi bosh direktori Mirshohid Aslanov Chemonics International kompaniyasining Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish dasturi rahbari Robert Bodo bilan uchrashdi.

Ma’lumot uchun: Chemonics International 1975-yilda Vashingtonda tashkil etilgan kompaniya. U qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, demokratiya va boshqaruv, iqtisodiy o‘sish va savdo, barqaror energiyata’minoti, iqlim o‘zgarishi, raqamli rivojlanish, gender tengligi va ijtimoiyinklyuziya, barqaror shaharlar kabi sohalarda ishlaydi.

Mirshohid Aslanov mehmonlarga tashkilotning mustaqil “tahlilmarkazi” sifatida amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi. Markaz o‘z faoliyatini nisbatan yaqinda boshlaganiga qaramay, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda tadqiqotlar olib borish, turli darajadagi loyihalarni amalga oshirishda katta ekspert salohiyatiga egaligini ta’kidladi.

Xususan, yaqinda markaz tomonidan mamlakatda energetika sohasi holati, siyosati va istiqbollari tahliliga bag‘ishlangan hisobot e’lon qilindi. Yaqin orada O‘zbekistonda islom moliya tizimini institutsionalizatsiyalashga bag‘ishlangan navbatdagi tahliliy hisobot e’lon qilinadi. Umuman olganda, markaz O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi uchun ilg‘or innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qiladi.

Robert Bodoning ta’kidlashicha, Chemonics International tomonidan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyaviy koʻmagida Oʻzbekistonda Mahalliy davlat hokimiyati organlarini rivojlantirish dasturini amalga oshirilishi boshlagan. Dasturning vazifalari 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlarga hamohangdir. Xususan, dastur doirasida Chemonics International “Davlat — inson uchun” tamoyilini, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolar o‘rtasidagimuloqotni, aholini qarorlarni qabul qilish jarayonlariga inklyuziv jalb etishinitarg‘ib qilishdan manfaatdor.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish hamda ekspertlarining o‘zaro hamkorliginikengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.