Progressiv islohotlar markazi TIKA bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha hamkorlikka kelishdi

29.03.2024
CopyLink
Chop etish
Progressiv islohotlar markazi TIKA bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha hamkorlikka kelishdi

Progressiv islohotlar markazida Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) Oʻzbekistondagi vakolatxona rahbari Ali Riza Tezjan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv avvalida mehmonlarga markazning asosiy faoliyat yoʻnalishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar, olib borilayotgan izlanishlar hamda Oʻzbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda PIMning oʻrni va imkoniyatlari haqida maʼlumot berildi. 

Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va TIKA bilan hamkorlikni rivojlantirish uchun salohiyatli yoʻnalishlar belgilanib, tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Xususan, tomonlar kam ta’minlangan oilalar farzandlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish maqsadida turli intensiv kurslar va treninglar tashkil etish boʻyicha kelishib oldilar.

Maʼlumot uchun: Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi 1992-yilda tashkil etilgan davlat agentligidir. TIKA rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy va ijtimoiy shakllanishida va ular bilan iqtisodiyot, savdo, fan, texnologiya, madaniyat, ta’lim va ijtimoiy rivojlanish sohalarida aloqalarni kengaytirishda yordam beradi, barqaror rivojlanish, gumanitar yordam koʻrsatish, kasbiy taʼlim loyihalari, madaniy almashinuv va diplomatik aloqalar bilan shugʻullanadi. Agentlik hozirda 150 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi va 60 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalariga ega