Progressiv islohotlar markazi direktori FTAning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

08.11.2023
CopyLink
Chop etish
Progressiv islohotlar markazi direktori FTAning Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi

Bugun, 8-noyabr kuni Progressiv islohotlar markazi rahbari Mirshohid Aslanov Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Vanson Kopen bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Agentlik O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va aholining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Xususan, uchrashuvda mamlakatimiz shaharlarida hayot sifatini yaxshilash (chiqindilarni boshqarish, suv ta’minoti va kanalizatsiya), hududlarda chorvachilikni rivojlantirish hamda barqaror energiya ishlab chiqarish (gidroenergetika, past uglerodli iqtisodiyot uchun elektr energiyasini rivojlantirish) bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida fikr almashildi.

Uchrashuvda Progressiv islohotlar markazi jamoasi yuqoridagi sohalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish uchun yetarlicha ekspertlik salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Tomonlar o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Ma’lumot uchun: FTA O‘zbekistonda 2015-yildan buyon faol ish olib bormoqda va mamlakatga iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish hamda inklyuziv va barqaror taraqqiyotga erishish yo‘lida yordam ko‘rsatmoqda.