logo

Oʻzbekistondagi eng yaxshi ijtimoiy masʼuliyatli loyihalar uchun tanlov

26.03.2024
744
Oʻzbekistondagi eng yaxshi ijtimoiy masʼuliyatli loyihalar uchun tanlov

Progressiv islohotlar markazi “Uzbekistanʼs club” jurnali bilan hamkorlikda respublikamizdagi Ijtimoiy masʼuliyatli biznes loyihalar reytingini shakllantirish uchun nomzodlardan arizalar qabuli boshlanganligini eʼlon qiladi.

Qanday loyihalar ijtimoiy masʼuliyatli hisoblanadi?

Ijtimoiy masʼuliyatli loyihalar jamiyat va atrof-muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatadigan tashabbuslardir. Ushbu loyihalar kompaniyaning barqaror rivojlanish, jamiyat rivojlanishi va xodimlarining farovonligiga sodiqligini aks ettiradi. Ijtimoiy masʼuliyat turli shakllarda boʻlishi mumkin, jumladan, ekologik barqarorlik dasturlari, jamoatchilik taʼlimi va imkoniyatlarni kengaytirish loyihalari va xodimlarning farovonligini oshirish tashabbuslari.

Nima uchun ishtirok etish kerak?

Tanlovda ishtirok etish Oʻzbekistondagi biznes uchun oʻz jamoalarida va undan tashqarida qanday qilib sezilarli oʻzgarishlarga erishayotganini namoyish etish uchun noyob imkoniyatdir. Ishtirok etish nafaqat kompaniyangizning ijtimoiy masʼuliyatga sodiqligini yoritibgina qolmay, balki brendingizni isteʼmolchilar, xodimlar va manfaatdor tomonlar uchun tobora muhimroq boʻlgan qadriyatlar bilan uygʻunlashtiradi. Bu ilhomlantirish va ilhom olish, hamkasblardan oʻrganish va korporativ ijtimoiy masʼuliyat sohasida yetakchi sifatida tan olinish uchun imkoniyatdir.

Loyihaga misol

“Payme mahalla” loyihasi. Uning doirasida “Payme People” sodiqlik dasturining har bir aʼzosi toʻplangan ballari bilan muhim hayotiy muammolarni hal qilishga hissa qoʻshishi mumkin. Kerakli raqamga erishilgandan soʻng, missiya tugallangan deb hisoblanadi va “Payme” jamoasi uni amalga oshiradi. Loyiha doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining 3-sonli, 32-sonli va 21-sonli maktablariga 30 dona zamonaviy kompyuterlar, Namangan viloyatidagi 6-sonli, 21-sonli, 43-sonli, 48-sonli maktablariga 50 dona zamonaviy kompyuterlar xarid qilish va oʻrnatish kabi tashabbuslar amalga oshirilgan.

Qanday qilib ishtirok etish mumkin?

Manfaatdor korxonalar yoki ijtimoiy masʼuliyatli loyihalardan xabardor fuqarolar o'z loyihalarining batafsil tavsifini — maqsadlari, taʼsiri va muvaffaqiyatini taʼkidlagan holda materiallarni r.ubaev@proreforms.uz elektron manziliga 2024-yilning 8-aprel sanasigacha yuborishi kerak. Arizalarni @cpr_feedback_bot orqali ham yoʻllash mumkin.

Arizalar qabuli yakunlangach, Progressiv islohotlar markazi, CARE CSR konsalting kompaniyasining ekspertlar guruhi va “Uzbekistanʼs club” jurnali tahririyati 10 ta eng yaxshi loyihani tanlab oladi. 

G‘oliblar 2024-yil iyun oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekistonlik” xalqaro forumi doirasidagi tantanali marosimda e’lon qilinadi va “Uzbekistan’s Club” jurnalining navbatdagi sonida, shuningdek, mahalliy OAVlarda e’lon qilinadi.

Biz Oʻzbekistondagi barcha tadbirkorlarni, startaplardan tortib, yirik korporatsiyalargacha, ushbu ijtimoiy masʼuliyatli loyihalar tanlovida biz bilan birga boʻlishga chaqiramiz. Keling, biznesning jamiyatimizdagi farovonlik kuchini koʻrsatish uchun birlashaylik.