


Bugun, 27-iyun kuni Progressiv islohotlar markazi va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Taʼkidlangandek, bugun davlat organlari faoliyatining shaffofligi va hisobdorligini, qonunchilik hamda muhim dasturiy hujjatlar ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlashda, ular haqida maʼlumotlarni xolis va oʻz vaqtida aholiga yetkazishda OAV vakillari asosiy rol oʻynaydi.
Oʻzbekiston media landshaftida oxirgi yillarda sezilarli oʻzgarishlar roʻy berdi. Birgina misol: 2016-yildan buyon OAVlar soni 40 foizga oshgan. Faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalarning 65 foizi nodavlat media hisoblanadi. Anʼanaviy nashrlar bilan birga internet nashrlar ham jadal rivojlanib, ularning soni 740 tadan oshdi.
Progressiv islohotlar markazi va Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti oʻrtasida oʻrnatilayotgan hamkorlik mamlakatimizda media-axborot savodxonlik, bagʻrikenglik va dunyoviy davlat tamoyillarini qoʻllab-quvvatlovchi inklyuziv media makonni shakllantirish, jurnalist va blogerlarning yuqoridagi yoʻnalishlar boʻyicha malakasini oshirishga koʻmak berishga qaratilgan.
Memorandum doirasida, xususan, quyidagilarni amalga oshirish belgilandi:
Shuningdek, tomonlar aholining, ayniqsa, yoshlarning media savodxonligini oshirishga qaratilgan turli formatdagi tadbirlarni hamkorlikda tashkil etishni kelishib oldilar.