


2025-yil 2–3-aprel kunlari Berlinda bo‘lib o‘tgan Nogironlik masalalari bo‘yicha Global sammit (GDS) inklyuziv rivojlanish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim global platforma sifatida o‘z ahamiyatini namoyon etdi. Tadbirda ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibigan Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi, Nogironlar jamiyati va Progressiv islohotlar markazi vakillari o’rin olgan. Ular tadbir mobaynida xalqaro tajriba almashish, xorijiy sheriklar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish borasidagi tashabbuslarni ilgari surishga e’tibor qaratdilar.
GDS haqida qisqacha
Nogironlik masalalari bo‘yicha Global sammit 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni inklyuziv rivojlanish jarayonlariga faol jalb etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadini ko‘zlaydi. Bu yilgi sammit Germaniya va Iordaniya hukumatlari hamda Xalqaro nogironlar alyansi (IDA) tomonidan tashkil etildi. Tadbirda Iordaniya qiroli Abdallo II ibn Al Husayn, Germaniya federal kansleri Olaf Shols, BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Amina J. Muhammad, Xalqaro nogironlar alyansi prezidenti doktor Nawaf Kabbaru va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus kabi dunyo yetakchilari ishtirok etdilar.
Muhokama markazida bo‘lgan asosiy mavzular
Sammit davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to‘laqonli integratsiyasiga qaratilgan qator ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilindi. Jumladan:
O‘zbekiston delegatsiyasining ishtiroki
O‘zbekiston vakillari quyidagi asosiy sessiyalarda ishtirok etdilar:
Delegatsiya xalqaro ekspertlar, donor tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, O‘zbekistonning nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratayotgan sharoitlari, milliy qonunchilikdagi yangilanishlar va yangi tashabbuslari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, xorijiy tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizga mos mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston delegatsiyasi boshqa davlatlarning nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish borasidagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ushbu tajribalarni milliy darajada implementatsiya qilish masalalariga oid fikr almashishdi.
Sammit yakunlari va keyingi qadamlar
GDS 2025 natijalari nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va huquqlarini yaxshilash yo‘lida global hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi. O‘zbekiston uchun ushbu sammit davlat siyosatni inklyuziv rivojlanish talablariga moslashtirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.
Keyingi qadam sifatida O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy va iqtisodiy integratsiyasini yanada kengaytirish, xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda inklyuziv tashabbuslarni ilgari surish hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga e’tibor qaratadi.