Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

06.05.2024
CopyLink
Chop etish
Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Bugun, 6-may kuni Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov “Klingendalʼ” Niderlandiya xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimlari Nils Drost va Juliya Kretti bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qilib, bunda akademik hamjamiyat va “aql markazlari”ning oʻrni koʻrib chiqildi.

Suhbat davomida savdo aloqalarini kengaytirish, iqtisodiy rivojlanish, xavfsizlik sohasidagi hamkorlik va madaniy almashinuvlar kabi mavzularga alohida eʼtibor qaratildi. Umumiy maqsadlarga erishishda oʻzaro tajriba almashish muhim ekanligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tomonlar oʻzaro aloqalarni kengaytirishga qaratilgan qoʻshma tadqiqot va loyihalar, xodimlarning salohiyatini oshirish boʻyicha dasturlar va siyosiy muloqotlar kabi tashabbuslarni koʻrib chiqdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.