logo

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan memorandum imzolandi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bilan memorandum imzolandi

Bugun, 5-aprel kuni Progressiv islohotlar markazi rahbari Mirshohid Aslanov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Abidxadjayev bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar iqtisodiyotning turli sohalarida tajriba almashish, ilmiy tadqiqotlar olib borish masalalarini muhokama qilib, oʻzaro manfaatli hamkorlik yoʻnalishlarini koʻrib chiqdilar.

Kun tartibidan, shuningdek, joriy qoʻshma loyihalarning amalga oshirish holati, rejalashtirilgan seminar, konferensiyalarni tashkil etish, tadqiqot va oʻrganishlarni oʻtkazish, shu jumladan, hududlar kompleks rivojlanishining reytingini shakllantirish masalalari oʻrin oldi.

Muzokaralar yakunida markaz va institut rahbarlari hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladi. Memorandum doirasida tomonlar ilmiy nashrlarni chop etish, ekspertlar ishtirokida oʻzaro manfaatli qoʻshma tadbirlar (seminarlar, simpoziumlar, ilmiy-amaliy anjumanlar, maqsadli muhokamalar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar) va boshqa turli formatdagi uchrashuvlarni tashkil etishga kelishdilar.