


Progressiv islohotlar markazi direktori Mirshohid Aslanov 17-aprel kuni “Berlin Economics” tadqiqot va konsalting kompaniyasining Germaniya iqtisodiy guruhi vakillari bilan uchrashdi.
“Berlin Economics” 15 yildan ortiq vaqt davomida hukumatlarga konsalting xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan tadqiqot kompaniyasidir. Uning Germaniya iqtisodiy guruhi Iqtisodiyot va iqlim oʻzgarishi federal vazirligi nomidan Ukraina, Moldova, Kosovo, Armaniston, Gruziya va Oʻzbekiston hukumatlariga iqtisodiy tranfsormatsiyaning barcha jihatlari boʻyicha maslahatlar berib boradi.
Mirshohid Aslanov mehmonlarni markaz faoliyati, joriy loyihalar va ekspertlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishtirdi.
Tomonlar Oʻzbekistonda barqaror energetika loyihalarini amalga oshirish va savdo salohiyatini kuchaytirish yuzasidan tadqiqot va tahlillar oʻtkazish boʻyicha hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, Germaniya iqtisodiy jamoasi joriy loyihalariga Progressiv islohotlar markazi ekspertlarini jalb qilish tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzaro manfaatli sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.