


Toshkent, 2025-yil 2-dekabr kuni "Fuqarolik jamiyati haftaligi" doirasida Ozarbayjonning Boku shahrida joylashgan STEM tahliliy markazi bilan Progressiv islohotlar markazi (PIM) mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, boshqaruv sohasini izchil tadqiq etish va strategik tahlil sohalarida ikki tomonlama aloqalarni chuqurlashtirishga qaratilgan Anglashuv Memorandumini (MoU) imzoladi.
Anglashuv Memorandumini (MoU) "STEM" tahliliy markazi direktori O‘rxon Yo‘lchuyev va PIM bosh direktori va hammuassisi Mirshohid Aslanov tomonidan tuzildi. Ushbu kelishuv ikki tashkilot o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirish hamda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida tahliliy va ekspertlik hamjamiyati hamkorligini mustahkamlashda muhim bosqich hisoblanadi.
Mintaqaviy hamkorlik doirasida siyosat tadqiqotlari, strategik aloqalar, boshqaruv sohasi bo‘yicha tadqiqotlar va mintaqaviy hamdo‘stlik aloqalarini oshirishga qaratilgan. Hamkorlikda tahliliy salohiyatni kuchaytirish, ekspertlar almashinuvini kengaytirish va butun mintaqa bo‘ylab dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Memorandumning imzolanishi Ozarbayjon va O‘zbekiston ekspertlik hamjamiyatlari o‘rtasida yaqin hamkorlik uchun asos yaratadi, tajriba almashish, qo‘shma tashabbuslar, umumiy qadriyatlar va o‘zaro tajribaga asoslangan uzoq muddatli mintaqaviy muloqotni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.