

"Progressiv islohotlar markazi" 6 – 8-sentyabr kunlari "Yangi O'zbekiston universiteti" hamda Buyuk Yevroosiyo tadqiqot markazi bilan birgalikda o'tkazilgan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasida hamkor sifatida ishtirok etdi.
Konferensiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi.
Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.
Progressiv islohotlar markazi va Yangi O'zbekiston universiteti hamkorligi mamlakatimiz rivoji uchun o'z hissasini qo'shadi degan umiddamiz.