«Progressiv islohotlar markazi» “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasida hamkor sifatida ishtirok etdi

08.09.2023
1494
«Progressiv islohotlar markazi» “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasida hamkor sifatida ishtirok etdi

«Progressiv islohotlar markazi» 6 – 8-sentyabr kunlari «Yangi O‘zbekiston universiteti» hamda Buyuk Yevroosiyo tadqiqot markazi bilan birgalikda o‘tkazilgan “Diffusion Fundamentals-X” xalqaro ilmiy konferensiyasida hamkor sifatida ishtirok etdi.

Konferensiyaning mamlakatimizda o‘tkazilishi mahalliy tadqiqotchi-olimlar uchun katta imkoniyat hisoblanadi.

Xususan, kimyo, fizika, kompyutersozlik va matematika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mahalliy tadqiqotchi-olimlar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlarini xalqaro miqyosdagi olimlar bilan muhokama qilish orqali yanada yaxshilash imkoniga ega bo‘ladi.

Progressiv islohotlar markazi va Yangi O‘zbekiston universiteti hamkorligi mamlakatimiz rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi degan umiddamiz.