Prezident huzuridagi Biznes ombudsman devoni va Progressiv islohotlar markazi hamkorlik memorandumini imzoladi.

06.05.2025
CopyLink
Chop etish
Prezident huzuridagi Biznes ombudsman devoni va Progressiv islohotlar markazi hamkorlik memorandumini imzoladi.

2025-yil 6-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni (Biznes-ombudsman instituti) hamda Progressiv islohotlar markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hujjat tomonlar o‘rtasida tadbirkorlik subyektlarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqiy savodxonlikni oshirish, shaffoflik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Memorandum doirasida tomonlar tadbirkorlik sohasida duch kelinayotgan muammolarni o‘rganish, tahlil qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, o‘quv seminarlar, tadqiqotlar va tahliliy hisobotlar tayyorlashda birgalikda ishlashni rejalashtirmoqda.

Progressiv islohotlar markazi ushbu memorandum davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, tadbirkorlar ovozini eshitish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim qadamlardan biri ekanini ta’kidladi.