12 milliard yevro investitsiya: Yevropa Ittifoqi fuqarolik jamiyati va aql markazlari bilan hamkorlik qilmoqchi

11.04.2025
CopyLink
Chop etish
12 milliard yevro investitsiya: Yevropa Ittifoqi fuqarolik jamiyati va aql markazlari bilan hamkorlik qilmoqchi

2025-yil 10-aprel kuni, Progressiv islohatlar markazi direktori Mirshohid Aslanov Yevropa Xalqaro Hamkorlik bosh direktori vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuvda o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Yevropa Ittifoqi vakillari, xususan, yaqinda o'tgan Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo sammiti doirasida amalga oshirilgan kelishuvlar haqida so'zlashdi. Uchrashuvda mustaqil aql markazlarining ishtiroki va ularning ta'sirini alohida ta'kidlab o'tildi. 

Shuningdek, Progressiv islohatlar markazi tomonidan amalga oshirilayotgan turli loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Uchrashuvda O'zbekistondan bir qator fuqarolik jamiyati institutlari va mustaqil aql markazlari ham ishtirok etdi. Yevropa Ittifoqi bilan bo'lgan bu hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy buyurtmalar asosida olib borilayotgan faoliyatlarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatlari haqida gapirildi, ayniqsa, jamiyatda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va hukumatning ochiq davlat siyosatiga o'z hissasini qo'shish borasidagi sa'y-harakatlar ta'kidlandi.

Yevropa Ittifoqining mas'ul vakillari, O'zbekistonning islohotlarini iliq baholab, mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanishlarni yuqori baho berdilar. Yevropa Ittifoqi rahbariyati Markaziy Osiyo bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun siyosiy iroda borligini ta'kidladi. Kelajakda transport masalalarida hamkorlikni kuchaytirish, ekologik muammolarni hal qilish va qazilma boyliklarni qayta ishlash sohalarida yangi aloqalar o'rnatish haqida gapirdi.

Yevropa Ittifoqi, shuningdek, 12 milliard yevro miqdoridagi investitsiyalarni amalga oshirishda nafaqat davlat tashkilotlari bilan, balki fuqarolik jamiyati va mustaqil aql markazlari bilan ham yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Uchrashuvda, ushbu yo'nalishlarda doimiy aloqalar o'rnatish va yangi hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun qo'shimcha takliflar bildirildi.

Bu uchrashuv, O'zbekiston va Yevropa Ittifoqi o'rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash, fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini oshirish va yangi, samarali hamkorlik yo'llarini yaratish uchun muhim qadam bo'ldi.