

Riskaliyeva Mavluda — yetakchi mutaxassis sifatida markazning ma’muriy hamda tashkiliy faoliyatini samarali tashkil etadi va muvofiqlashtiradi. U markaz ish jarayonlarining uzluksiz va barqaror amalga oshirilishini ta’minlab, hujjat aylanmasi va ish yuritish tizimini belgilangan tartibda yuritadi. Rahbariyat topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek, xizmat uchrashuvlari va yig‘ilishlarni tashkil etadi. Ichki va tashqi kommunikatsiya jarayonlarini tizimli ravishda yo‘lga qo‘yib, hamkorlar bilan o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtiradi.
U Sanderland universitetida «Moliyaviy boshqaruv va biznes» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.
Shuningdek, u moddiy-texnik ta’minot va xo‘jalik masalalarini samarali boshqarish orqali markaz faoliyatini barqaror va natijador amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydi.