Shohruxxo‘ja Faxriddinxo‘jaev – budjet siyosati va ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan iqtisodchi. Toshkentdagi xalqaro Vestminster universiteti bakalavr diplomiga ega bo'lib, u makro/mikroiqtisodiyot va ekonometrika bo'yicha tahsil olgan.
U Iqtisodiyot va moliya vazirligining huzuridagi Budjet-soliq ilmiy tadqiqotlari institutida “Tashabbusli budjet" tizimini joriy etishda qatnashgan, iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha maqolalar va takliflar bergan.
Bundan tashqari, u Prezident administratsiyasi huzuridagu Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida boqimandalikka va ijtimoiy himoya yagona reestri xatoliklari yuzasidan tadqiqotlar olib borgan.
Hamda u O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yillik hisobotini yozishda hissa qo‘shgan va Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro strategik markazida 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan Qishloq xo‘jaligi strategiyasining muhim ko‘rsatkichlarini baholash uchun yangi indikatorlar ishlab chiqqan.