Tajribali iqtisodchi, xalqaro iqtisodiyot, makroiqtisodiyot va barqaror moliyalashtirish sohasida mutaxassis. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha bakalavr, Jeneva oliy institutida xalqaro iqtisodiyot bo‘yicha magistr darajasini olgan.
Besh yildan ortiq ish tajribasiga ega Odil Abdusattarov O‘zbekiston Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligida muhim lavozimlarni egallagan. Davlat tashqi va ichki qarzi departamentida katta iqtisodchi sifatida faoliyat yuritgan bo‘lib, asosiy ixtisosligi davlat qarzini boshqarish va rivojlanayotgan mamlakatlar qarzlarini maqbul darajada ta’minlashga ixtisoslashgan. Professor Ugo Panitssa rahbarligidagi tadqiqotida JST ga a’zolikning daromad darajasiga ko‘ra soliq tushumlariga ta’siri ilg‘or ekonometrik usullardan foydalangan holda tahlil qilingan.