logo

Malika Sharipova

CSR va ESG boʻyicha ekspert
Biografiya

CSR va ESG boʻyicha ekspert. SA8000 bo’yicha o’quv kurslarini tamomlagan sertifikatlangan auditor. SA8000, BSCI, BEPI, SEDEX/SMETA, BKI kabi ijtimoiy va ekologik xalqaro standartlar, shuningdek, BMT Global Compact, GRI, ISO 26000 kabi barqaror rivojlantirish maqsadlari sohasidagi hisobotlarni tayyorlashda chuqur bilimlarga ega.

Malika Sharipova soʻnggi yillarda GIZ, YTTB va USAIDning Oʻzbekistondagi maslahatchisi boʻlib ishlagan. Shuningdek, u Impact London va BCI Uzbekistan uchun ijtimoiy auditor/munosib ish boʻyicha yetakchi ekspert sifatida faoliyat yuritgan.

U Markaziy Osiyodagi Amfori xizmatlarini koʻrsatuvchi yagona provayderi boʻlib, Oʻzbekistondagi GIZ, Germaniya federal iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi (BMZ) va BMTTDning loyihalarda ishtirok etgan.

Oʻzbekistonda BSCI va BEPI dasturlarida xalqaro standartlar boʻyicha treninglar, tadbirkorlik, CSR va barqaror rivojlanish boʻyicha treninglar oʻtkazish boʻyicha 9 yillik tajribaga ega.

Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarida CSR, ijtimoiy muammolar, atrof-muhit va innovatsiyalar boʻyicha qator maqola va intervyular eʼlon qilgan.