

Markaziy va Janubiy Osiyo, shuningdek, Afg‘oniston bo‘yicha tadqiqotlarga ixtisoslashgan siyosiy tahlilchi. Islomxon Gafarov 2024-yilda siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Unga qadar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) bakalavriatda “Xalqaro munosabatlar”, magistraturada “Amaliy siyosatshunoslik” yo‘nalishida tahsil olgan. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning Uorik universiteti huzuridagi maxsus maktabda ham o‘qib, xalqaro ilmiy tajribani o‘zlashtirgan.
Kasbiy faoliyati davomida u Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar institutining Afg‘oniston va Janubiy Osiyoni o‘rganish markaziga rahbarlik qilgan, shuningdek, JIDUda Xalqaro munosabatlar nazariyasi hamda Geosiyosat fanlaridan dars bergan. Islomxon Gafarov ilmiy faoliyatida samarali natijalarga erishgan. U oltita monografiya hamda 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi bo‘lib, ular nufuzli milliy va xalqaro nashrlarda chop etilgan.